O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2021 yil 21 aprel’dagi PQ-5088 sonli qarorida ko‘rsatilgan “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”, hamda Yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslari, startap-loyihalari va amaliy tadqiqotlari natijalarini ro‘yobga chiqarilishiga ko‘maklashish, yosh tadbirkorlik sub’ektlarining sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi «Young Entrepreneurs Generator» biznes-inkubatori e’lon qiladi:
- Yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun Yoshlar sanoat zonalari hududida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish;
- Yoshlarga ularning sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalari, tashabbuslari va g‘oyalari amalga oshirilishida ko‘maklashish va qulay shart-sharoitlar yaratish;
- Startaplar tashkil etish maqsadida biznes-inkubator vazifalarini amalga oshirish, yosh tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini barqaror rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish;
- Yoshlarga o‘z innovasion ishlanmalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish va natijalarini tijoratlashtirish, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish borasida amaliy yordam ko‘rsatish;
- Band bo‘lmagan, shu jumladan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish.
moliyaviy resurslar tijorat banklari tomonidan bir yosh tadbirkorlik sub’ekti uchun bir yo‘la 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan taqdim etiladi;
Tijorat banklari tomonidan milliy valyutadagi kreditlarni yillik 14 foiz, xorijiy valyutadagi kreditlarning yillik foiz stavkasini 3 foiz miqdorida belgilagan holda ajratadi;