Uchrashuvda “Young Entrepreneurs Generator” biznes-inkubatori tomonidan biznes loyihalarni tayyorlash, ushbu loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, Yevropadagi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan biznes-inkubatorlar faoliyatini o‘rganish va tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.
Kelishuvga ko‘ra, hamkorlikning dastlabki bosqichida 5 ta loyiha tanlab olinib, uni istiqbolli loyihaga aylantirish va biznesga yo‘naltirish bo‘yicha ishlar olib boriladi.