Young Entrepreneurs Generator

Biznes-inkubator to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etish bo‘yicha xorijiy kompaniya bilan muzokara olib bordi

“Young Entrepreneurs Generator” biznes-inkubatori hamda 121 milliard dollar kapitilizatsiyasiga ega bo‘lgan Hindiston shamol energiyasi provayderi – “INOX Wind” kompaniyasi o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.


Onlayn uchrashuv davomida shamol turbinasi generatorlari, WTG ishlab chiqarish, shamol resurslarini baholash, infratuzilmani rivojlantirish, montaj qilish va ishga tushirish, shamol energetikasi loyihalarini uzoq muddat ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish borasida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Muzokaralar jarayonida “INOX Wind” kompaniyasining Saudiya Arabistonidagi vakili Abdullo Al-Dosar shamol va quyosh elektr stansiyalari loyihalari uchun 70 million dollargacha bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, agar bu loyiha miqdori 70 million dollardan yuqori bo‘lsa, xalqaro moliyaviy institutlar va xalqaro banklarning investitsiyalarini jalb qilish taklifini berdi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan