Young Entrepreneurs Generator

“Young Entrepreneurs Generator” biznes inkubatori eng yaxshi startap loyihalar va biznes-g‘oyalar tanlovini e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2021 yil 21 aprel’dagi PQ-5088 sonli qarorida ko‘rsatilgan “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”, hamda Yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslari, startap-loyihalari va amaliy tadqiqotlari natijalarini ro‘yobga chiqarilishiga ko‘maklashish, yosh tadbirkorlik sub’ektlarining sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:
Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi «Young Entrepreneurs Generator» biznes-inkubatori e’lon qiladi:

  1. Yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari uchun Yoshlar sanoat zonalari hududida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish;
  2. Yoshlarga ularning sanoat va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalari, tashabbuslari va g‘oyalari amalga oshirilishida ko‘maklashish va qulay shart-sharoitlar yaratish;
  3. Startaplar tashkil etish maqsadida biznes-inkubator vazifalarini amalga oshirish, yosh tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini barqaror rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish;
  4. Yoshlarga o‘z innovasion ishlanmalarini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish va natijalarini tijoratlashtirish, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish borasida amaliy yordam ko‘rsatish;
  5. Band bo‘lmagan, shu jumladan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta’minlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish.

moliyaviy resurslar tijorat banklari tomonidan bir yosh tadbirkorlik sub’ekti uchun bir yo‘la 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda 7 yilgacha muddat bilan taqdim etiladi;
Tijorat banklari tomonidan milliy valyutadagi kreditlarni yillik 14 foiz, xorijiy valyutadagi kreditlarning yillik foiz stavkasini 3 foiz miqdorida belgilagan holda ajratadi;

8 thoughts on ““Young Entrepreneurs Generator” biznes inkubatori eng yaxshi startap loyihalar va biznes-g‘oyalar tanlovini e’lon qiladi”

  1. Assalomu Aleykum Hurmatli «Young Entrepreneurs Generator» tashkilot Chilari.
    Bizning loyihamiz savdo majmiasi va shu bn birga o’quv markaz tashkil etishdan iborat Bo’lib. Bizlar o’z ishimizni export savdoni rivojlantirish Uchun online va website savdo tizimlarini joriy qilishdan iborat. Bizlarda hozirda Mavjud yerga qurulish Uchun binoni proektini tamomlab endi Qurilishni boshlash arafasidamiza. Bizlarga binoni ishga tushirish Uchun o’z mablag’imizdan foydalanib ishga tushirmoqchimiz va keyingi bosqichlarda ishga tushirishga 500 mln moloyaviy ko’makka muhtojmiza….sizning proektingizga qatnashish tartibini tushuntirsangiz xursand bo’lardik
    +971551415565 telegram + whatsapp

  2. Istemolchilar barcha xizmatlardan foydalanish uchun men bilan hamkorlik qilgan holatda 5%-10% chegirmaga ega bo‘lsinlar

  3. Assalomu alekom. Benda start up goya bor. Lekin qaday boshlashni bilmiyobman. Bu loyihada qatnashish va golib bolib uz ish faoliyatimni boshlash uchun nma qilsam boladi. Online royhatdan utkazish m.nmi

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan