15-fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida «Young Entrepreneurs Generator» («YE Generator») nomli biznes-inkubator o‘z faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan uning ochilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Innovatsion rivojlanish, Moliya vazirliklari, Islom taraqqiyot banki, Savdo-sanoat palatasi mutasaddi xodimlari, MDH Innovatsiyalarni tijoratlashtirish markazi, Qozog‘iston innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish fondi vakillari, tadbirkorlar, Avstriya, Germaniya, Yaponiya va Rossiya professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va OAV xodimlari ishtirok etdi.





