Young Entrepreneurs Generator

«Young Entrepreneurs Generator» biznes-inkubator direktori ishtirokida seminar o‘tkazildi

Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sh.Ergashev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida faoliyat boshlagan «Young Entrepreneurs Generator» biznes-inkubator direktori Sardorxon Buzrukxonov bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan so‘ng institut professor-o‘qituvchilari, yosh olimlari, magistrlari va talabalari ishtirokida «Young Entrepreneurs Generator» biznes-inkubator markazining asosiy vazifalariga doir seminar tashkil etildi.