Young Entrepreneurs Generator

Yoshlar uchun yangi imkoniyat

O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuniga asosan Uchtepa tuman hokimligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va “Young Entrepreneurs Generator” biznes inkubatori tomonidan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Yoshlar orasida biznes startap loyihalarni amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashishga qaratilgan mazkur kelishuvning umumiy qiymati 10 mlrd so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuniga asosan Uchtepa tuman hokimligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va “Young Entrepreneurs Generator” biznes inkubatori tomonidan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Yoshlar orasida biznes startap loyihalarni amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashishga qaratilgan mazkur kelishuvning umumiy qiymati 10 mlrd so‘mni tashkil etadi. Uning maqsadi mamlakatimizda biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan.

Kelishuv doirasida hunarmandchilik sohasini rivojlantirish, xotin-qizlarni jamiyat hayotidagi faolligini oshirish, mehnat bilan bandlik samaradorligini oshirish, “Har bir oila tadbirkor” dasturini yo‘lga qo‘yish, yoshlarning o‘z-o‘zini mehnat bilan band qilishga qaratilgan tashabbuslari kabi innnovasion biznes loyihalar saralab olinadi. Istiqbolli deb topilgan biznes g‘oya va ishlanmalar Uchtepa tumani hokimligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Loyihalar davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va kelishuv ishtirokchilari mutaxassislari tomonidan saralab olinib, amaliyotga joriy etish istiqbolli deb topilgani haqida xulosa beriladi.

O‘zaro hamkorlik memorandumi Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullaev, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov va “Young Entrepreneurs Generator” biznes inkubatori direktori Sardorxon Buzrukxonov tomonidan imzolandi.